Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatchisining chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi

Davlat xizmatchisining chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–788-son, 08.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar berilgandi.

Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.

Davlat fuqarolik xizmatini o‘tashda mazkur Qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo‘llaniladi.

Davlat xizmatchisi o‘z rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida bo‘lish huquqiga ega.

Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi.

Davlat xizmatchisi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya berishi kerak.

Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reyestri Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.

Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.

Davlat xizmatchilariga haq to‘lash quyidagilardan iborat:

  • bazaviy lavozim maoshi;
  • ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov;
  • malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
  • eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun ustama;
  • hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar.

Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan bo‘shatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qo‘llaniladi.

Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring