Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari xodimlari shanba va yakshanba kunlari ham ishlashmoqda

Davlat xizmatlari xodimlari shanba va yakshanba kunlari ham ishlashmoqda

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Angren shahrida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan Ismanqul Mirzaraimovga xizmat ko‘rsatish uchun DXM xodimlari uning xonadonida bo‘lishdi. Unga shaharning Ko‘ksaroy ko‘chasi, 68-uy manzilda joylashgan xonadoniga egalik huquqini berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatildi.

Ismanqul Mirzaraimov avval temiryo‘l korxonasida ishlagan. 2016-yili baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo‘lib qolgan. O‘zi mustaqil davlat xizmatlari markaziga bora olmaganligi sababli sayyor xizmat uning ham xonadonida bo‘ldi.

Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, davlat xizmatlari markazlari xodimlari shanba va yakshanba kunlari olis hududlarga va jismoniy nuqsoni bor insonlarning xonadonlariga borib xizmat ko‘rsatishyapti. Sayyor xizmat xodimlari uchun maxsus jihozlangan «Damas» mashinalari ajratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring