Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davosda o‘tadigan Butunjahon iqtisodiy forumi bosh mavzusi ma’lum qilindi

Davosda o‘tadigan Butunjahon iqtisodiy forumi bosh mavzusi ma’lum qilindi

Foto: weforum.org

Shveysariyaning Davos shahrida 2019-yilning 22—25-yanvar kunlari o‘tkaziladigan Butunjahon iqtisodiy forumi (WEF)ning bosh mavzusi to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida globallashuv va hamkorlik masalalari bo‘ladi. «Regnum» yozishicha, bu haqda forum prezidenti Byorge Brende ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, gap blokcheyn va kriptovalyutalar singari yangi texnologiyalar faol taraqqiy etayotgan davrda mamlakatlar va tashkilotlarning hamkorligi haqida ketmoqda. Brendening ta’kidlashicha, hozir zamonaviy chorlovlar va tahdidlarga qarshi turish uchun geosiyosatda ham, ekologiya va iqlim o‘zgarishlari kabi sohalarda ham global darajadagi hamkorlik holati qoniqarli emas.

Forum qatnashchilari Brexit hamda Yevropa ittifoqidagi iqtisodiy iqlim o‘zgarishlarini ham muhokama qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring