Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dehqonobodda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Dehqonobodda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Xabar.uz» o‘quvchilarining tahririyatga xabar berishlaricha, tumandagi Oqrabot qishlog‘ida «Neksiya» rusumli ikki avtomobil to‘qnashuvi oqibatida siz suratda ko‘rib turgan holat ro‘y bergan. Old tomoni pachoqlanib deyarli yo‘q bo‘lib ketgan «Neksiya»ning orqa qismi ikkinchi mashinaning «tushmug‘iga minib olgan».

Voqea aynan qay tarzda ro‘y bergani hamda jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Katta ehtimol bilan hodisaga hududda yoqqan qor sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Neksiya»lardan tashqari «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ham qorda qiyin ahvolda qolgani aks etgan.

Avvalroq Dehqonobodning Oqrabot va Do‘konxona qishloqlarida salkam bir metr qor yoqqani haqida xabar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring