Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi

Foto: «Uz24.uz»

Ayni paytda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani, unda tashkiliy masala ham ko‘rilib, shu paytgacha qo‘mita raisi sifatida ishlab kelayotgan Ortiqbek Yusupov ishdan olingani haqida xabar bergan edik.


Mavzuga doir:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi ishdan olindi


«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, Ortiqbek Yusupov o‘rniga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlangan. Shuningdek, yig‘ilishda uning ikki o‘rinbosari ham ma’lum qilingan. Muzaffar Komilov hamda Nurimon Abulhasan Qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining bir nafar o‘rinbosari mavjud edi. Endi ularning soni ikki nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring