Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dog‘istonda yoqilg‘i quyish shoxobchasi portlashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Dog‘istonda yoqilg‘i quyish shoxobchasi portlashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 14-avgust kuni Dog‘iston Respublikasining Maxachqal’a shahridagi «Nafta 24» yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyot markazining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 56 kishi jarohatlangan. Ulardan 13 nafari bolalar.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko Maxachqal’adagi kasalxonalarda jami 66 nafar jabrlanganlar yotganini, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.

Rossiya tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha tergov boshqarmasi Maxachqal’adagi portlash ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-avgust kuni kechqurun Maxachqal’adagi trassada avtoservis yonib ketgan, yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring