Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doimiy yashash joyidan qat’iy nazar avtomobillarni istagan hududda texnik ko‘rikdan o‘tkazish taklif qilindi

Doimiy yashash joyidan qat’iy nazar avtomobillarni istagan hududda texnik ko‘rikdan o‘tkazish taklif qilindi

Foto:«Norma.uz»

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston fuqarolarining  doimiy yashash joyidan qati’y nazar avtomobillarni istagan hududda texnik ko‘rikdan o‘tkazishni joriy etish taklif qilindi.

«Ba’zi fuqarolar kasb taqozosi yoki ish faoliyati sabab, mamlakatimizning turli hududlarida oylab, ba’zan yillab vaqtinchalik bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ushbu fuqarolar shaxsiy avtoulovlarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun doimiy yashash joyiga borib kelishi zarur. Bu o‘z navbatida, birinchidan, ortiqcha sarson bo‘lish, ikkinchidan, doimiy yashash joyiga borib kelishi uchun xizmat yoki ish faoliyatidan vaqtincha ajralishiga olib keladi. Masalan, Andijon yoki Toshkentdan Nukus yoki Xorazmga borib avtoulovni texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelish uchun kamida 3 kun vaqt ketadi» deyiladi murojaatda.

Jamoaviy murojaatga ovoz berish 88 kun ichida yakunlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring