Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda 25 million dollarlik noyob olmos o‘g‘irlandi

Dubayda 25 million dollarlik noyob olmos o‘g‘irlandi

Dubayda politsiya qiymati 25 million dollarga baholangan noyob pushti olmosning o‘g‘irlanishini fosh qildi.

Operatsiya davomida jinoiy guruhning uch nafar a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar beradi WAM agentligi. 

Olmos egasi uni Yevropadan BAAga sotish uchun olib kelgan. Bir yildan ortiq vaqt davomida o‘g‘irlikni rejalashtirgan jinoyatchilar o‘zlarini badavlat xaridorga vositachi sifatida ko‘rsatishgan. Ular badavlat kishilarda yaxshi taassurot qoldirish va zargar ishonchini qozonish uchun qimmatbaho mashinalarni ijaraga olib, qimmatbaho mehmonxonalarda uchrashuvlar tashkil qilgan. Jinoyatchilar uni villaga chaqirib, toshni o‘g‘irlab ketishdi. 

Dubay politsiyasi tezkor guruh yaratish orqali javob berdi. Zamonaviy texnologiya va sun’iy intellekt tufayli ular 8 soat ichida gumondorlarning joylashuvini aniqlab, ularni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Olmos qo‘lga olindi. Jinoyatchilar toshni kichik muzlatgichga yashirib, BAAdan olib chiqishni rejalashtirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring