Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubayda suzib yuruvchi do‘konlar tarmog‘i ishga tushadi

Dubayda suzib yuruvchi do‘konlar tarmog‘i ishga tushadi

Dubay ko‘rfazida suzib yuradigan do‘konlar tarmog‘ini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida «Gulf News» nashri ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Loyiha 17 ta qayiq-do‘konni qamrab oladi, ular an’naviy arab qayig‘i — abrani eslatadigan shaklda bo‘ladi. Mazkur loyiha qachon amalga oshishi ma’lum emas, ammo suratlari allaqachon internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan.

«Barcha do‘konlar konditsionerlar bilan jihozlanadi, shuningdek ularda xaridorlar uchun kafe ham bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring