Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoga mashhur «Da Vinchi kodi» asari muallifining sobiq rafiqasi uni sudga berdi

Dunyoga mashhur «Da Vinchi kodi» asari muallifining sobiq rafiqasi uni sudga berdi

Foto: «Orpheusradio.ru»

Taniqli «Da Vinchi kodi» kitobining muallifi Den Braunning sobiq rafiqasi ortiqcha xarajatlar uchun yozuvchini sudga berdi. Blayt Braunning so‘zlariga ko‘ra, u o‘rtadagi umumiy pulni ma’shuqalariga sarflab yuborgan, deb yozadi «The Daily Mail».

Ayol Braunni olti yil davomida unga xiyonat qilganlikda ayblamoqda. Hatto, 29 yoshli gollandiyalik dressirovkachi Judit Pitersen bilan ham ishqiy munosabatlarda bo‘lgan. Blaytning aytishicha, sobiq eri unga ikkita ot sotib olib bergan: ulardan birining narxi otning kallasidek bo‘lgan. Shuningdek, Blaytning ta’kidlashicha, yozuvchi amaldor, stilist va shaxsiy murabbiyi bilan «don olishib yurgan».

Yozuvchining o‘zi unga qarshi bildirilgan ayblovlarni tan olmayapti, ularni tuhmat ekanligini ta’kidlayapti. Uning aytishicha, sud jarayonlari uning qalbini tilka-pora qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring