Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qishni istaysizmi?

Dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qishni istaysizmi?

Foto: «International study service»

Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or fuqarolari bilan fikrlashish uchun bugungi kunda yoshlarimizda sharoitlar yetarli. Ayniqsa, chet elda tahsil olayotganlarning imkoniyati ko‘proq. O‘qishni bitirganidan so‘ng ular nafaqat yurtimizdagi nufuzli tashkilotlarda, balki chet elning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalarida ham faoliyat yuritishmoqda.

Bugun o‘zbekistonlik yoshlar uchun xorijda tahsil olish imkoniyati qanday? Buning uchun nimalar qilish lozim? Shu kabi savollarga «ISS» kompaniyasi direktori Kamola Karimova javob beradi.

— Jahon miqyosida davlatlarning rivojlanish tendensiyalari juda ham murakkablashib va tezlashib bormoqda. Mana shunday bir davrda yoshlarimiz nafaqat yurtimiz, balki xorij universitetlarida ta’lim olishi qanchalik muhim?

Har qanday davlatning qudratini, uning yuksalish darajasini o‘sha yurtdagi ilm-fanning rivoji va mutaxassislarining intellektual salohiyati belgilaydi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda fanga e’tibor, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va imkoniyatini namoyon etishiga sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega.

— Siz aynan yoshlarimizning chet ellarda tahsil olishiga yordamlashadigan tashkilot rahbarisiz. Ushbu tashkilot faoliyati bilan tanishtirib o‘tsangiz.

— Bizning «International study service» (ISS) deb nomlangan tashkilotimiz rivojlangan davlatlardagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilotimiz O‘zbekistondagi yoshlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olishiga ko‘maklashadi. Biz yoshlarimizning qiziqishini hisobga olgan holda xorijiy universitetlardagi ta’lim yo‘nalishlari, ulardagi talablar, kerakli hujjatlar, beriladigan grantlar va turli xil chegirmalar haqida ma’lumot va maslahatlar beramiz. Bundan tashqari viloyatlarda istiqomat qiladigan yoshlarimizga ham bir vaqtning o‘zida internet tarmog‘ida «ISS» veb-sahifasi, «Facebook»dagi sahifasi va «Telegram»dagi kanalimiz orqali eng so‘nggi ma’lumotlar va universitetlar to‘g‘risida atroflicha maslahatlar berib boramiz.

Logo: «International study service»

— Albatta, bu juda ham foydali. Yana qanday imkoniyatlar bor?

— Yoshlarimiz tahsil olmoqchi bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari beradigan ko‘pgina imkoniyatlar bor. Masalan, agar o‘quvchilarimiz maktab va kollejlarda a’lo baholarga o‘qigan bo‘lsa va tilni yaxshi bilsa, ularga grantlar yoki turli xil chegirmalar taqdim etiladi. Ular ta’lim olishga borishdan oldin boradigan mamlakatining qonunlari, tanlagan universitetining talablari va ichki tartib-qoidalari, ulardagi o‘qituvchilar hamda dars jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishadi. Ta’lim muassasasiga topshiriladigan hujjatlar tayyorlanib, jo‘natiladi. Ulardan keladigan taklifnomaga asosan talabalarimiz tanlagan universitetiga qabul qilinganidan keyin turarjoylari band qilinadi. So‘ng universitet vakillari tomonidan kutib olinib, o‘zlari tanlagan yotoqxonalarga joylashadilar, universitet bilan yaqindan tanishib, tahsilni boshlaydilar.

Kompaniyamiz xodimlari yoshlarimizga o‘zlari qiziqqan sohalarni tanlashda, agar til bilish sertifikati mavjud bo‘lmasa, ularni qaysi universitetni tanlashidan kelib chiqib, o‘rganishi lozim bo‘lgan tillarni o‘rgatadigan O‘zbekistonning eng yaxshi o‘quv kurslari haqida yoki tanlagan universitetining o‘zidagi til kurslari haqida maslahat berishadi.

— Aynan qaysi mamlakatlarda, qaysi universitetlarda?

— Biz Janubiy Korreyadagi «Namseul», «Yongin», «Keimyoung», «Seul national university» va «Soulbridge» universitetlari bilan ikki tomonlama kelishuvga erishganmiz. Bundan tashqari BAAdagi «Sinergy», Yaponiyaning «Nagoya», «Waseda», Xitoyning «Baijing of technology», «Pekin international university», Kiprning «Crypus international university» va boshqa shu kabi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Nomzodning xohish-istaklariga qarab yordamlashishimiz mumkin.

«ISS» kompaniyasi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadigan turli grantlar va chegirmalarni aniqlab, yoshlarimizga ma’lumot va maslahatlar berib boradi. Ayrim universitetlar kontrakt to‘lovida 15 foizdan 50 foizgacha chegirma beradi, ayrimlari nomzodning bilimi va til bilish sertifikatidan kelib chiqib, turli grant va stipendiyalar taqdim etadi. Shuningdek, nomzodning xorijiy davlatda ta’lim olish davrida uning salomatligi va u yerda erkin ta’lim olishi uchun shart-sharoit yaratib berish bilan bir qatorda, bilim olish salohiyati va tajriba almashish masalalari universitet o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilib turiladi. Xorijiy davlatda ta’lim olayotgan talabaning oila a’zolariga uni ko‘rishga borishi uchun viza olish va xorijga borishida tashkilotimiz tomonidan yordam va maslahatlar beriladi.

— Til bilish qanchalik muhim?

— Nomzodlarning xorijiy tilni bilish qobiliyatiga qarab ikki xil o‘qish dasturi mavjud.

— Ya’ni?

— Birinchisi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinmoqchi bo‘lgan nomzodlardan umumiy tartibda barcha universitetlar uchun IELTS 5,5+ ball, Janubiy Koreya universitetlari uchun esa TOPIC 3+, Yaponiya universitetlarida ta’lim olish uchun JLPTN2 darajasi hamda Xitoy universitetlarida ta’lim olish uchun esa HCK 4 sertifikatlari talab etiladi.

Ikkinchisi, biror-bir xorijiy tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada o‘zlashtirmagan nomzodlar uchun bakalavr 1+4 yil, magistratura bosqichi uchun 1+2 yil dasturi hamda PhD darajasini olish uchun 1+3 yillik dasturlar bo‘lib, bunda nomzod avval xorijiy davlatdagi universitetda olti oydan bir yilgacha til kurslarida tahsil oladi. Yetarli bilimlarni egallagach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida universitetning turli mutaxassislik yo‘nalishlarida o‘qishini davom ettiradi. Ikkinchi turdagi o‘qish dasturining qulayligi nomzoddan universitetga qabul qilinishi uchun qayta hujjat topshirish talab etilmaydi, ya’ni nomzod til kursi uchun xorijiy universitetga topshirgan hujjati asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Foto: «International study service»

— Xorij universitetlarining hujjat qabul qilish tartibi va vaqti haqida ham aytib o‘tsangiz.

— Hujjatlar odatda yiliga ikki semestrda ikki marta qabul qilinadi. Birinchisi yozgi mavsum va ikkinchisi qishki mavsum. Bundan tashqari til kurslari uchun yiliga fasllar davomiyligida, ya’ni 4 marta hujjat topshirilishi mumkin. Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bizning kompaniyamizga talabalarni qabul qilish davridan oldin xabar berishadi.

— Umuman, xorijda o‘qishning narxi qancha?

— Talabgorning hujjatlari tanlagan universitetiga yetib borgandan keyin maxsus komissiya tomonidan urganilib, unga kontrakt summalari va chegirmalarga aniqlik kiritilib, shartnomalar taqdim etiladi. Narx o‘shanda aniq bo‘ladi. Yana GRANTda ham o‘qish imkoni bor. Bunda o‘qish mutlaqo tekin bo‘ladi.

— Yoshlarimizga takliflaringiz...

— Xalqimizda bir maqol bor – «til bilganga ming tanga» degan. Yoshlarimiz hozirgi sharoitda maktab davridan boshlab puxta bilim olishlari, xorijiy tillarni mukammal egallashlari, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishlari va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishlari lozim. Shunda oliy ta’lim muassasasida xorijiy va mahalliy talabalar o‘rtasida o‘z bilim va iqtidori bilan alohida ajralib, xalqaro tanlovlarda yutuqlarni qo‘lga kiritishadi.

Yoshlarimizga omad va yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlarini tilab qolaman.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring