DXX Urgut va Pastdarg‘omda katta miqdorda narkotik moddalarni aniqladi

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan faol tadbirda, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, hovlidagi daraxt tagiga Tojikiston Respublikasidan keltirilgan 960 gr “opiy” moddasi ko‘mib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida esa Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada xonadondagi mavjud og‘ilxonada 25 kg 520 gr “marixuana” giyohvandlik o‘simligi saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter