Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXXga ishga  joylashni va’da qilgan ustamon 15 million olayotgan paytda qo‘lga tushdi

DXXga ishga  joylashni va’da qilgan ustamon 15 million olayotgan paytda qo‘lga tushdi

Illyustrativ surat

Ayrim odamlar o‘ta soddami yoki firibgarlar ustamon? Unisiyam, bunisiyam: sodda odam kim nima desa laqqa ishonaveradi. Firibgarlarga esa aynan shunaqasi kerak.

Birovning qulog‘iga lag‘mon osish B.H.ga muammo emas: nechta odamni chuv tushirmagan, deysiz? Firibgarlikni kasb qilib olgan bu kimsa ilgari javobgarlikka tortilganiga qaramay, «sevimli ishi»ni kelgan joyidan davom ettiraverdi deng.

U fuqaro D. bilan qachon va qay paytda uchrashib-tanishib, hatto sinashta bo‘lib qolishgani noma’lum. Fakt shuki, fuqaro D. ustamonning «tanishlarim bor, seni DXXga ishga joylash muammo emas», degan gapiga ishonganday bo‘ldi. «Suyunchi» bahosi 15 million so‘m ekan! Kelishdilar.

Biroq bu kelishuvning oxiri B.H. uchun xayrli yakunlanmadi. U Kogon shahar temir yo‘l vokzali avtoturargohida D.dan naqd 15 millon so‘mni olayotgan paytida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo‘limi va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Bu yog‘i tergov, sud...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring