Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. «Man Siti»da ishonchli g‘alaba, Husanov to‘liq o‘ynadi va boshqa tafsilotlar

YChL. «Man Siti»da ishonchli g‘alaba, Husanov to‘liq o‘ynadi va boshqa tafsilotlar

Foto: Associated Press

18-sentyabr oqshomida UEFA Chempionlar ligasining asosiy bosqichi 1-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, 21-daqiqada Di Lorensoning maydondan chetlatilishi mezbonlarga katta ustunlik berdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushirildi va o‘yinning oxirigacha maydonda qoldi. Whoscored Husanovning o‘yindagi faolligini 7,0 ball bilan baholadi — u, darvozabonni hisobga olmaganda, raqib jamoadagi barcha o‘yinchilardan yuqori ball to‘pladi.

Daniyada «Kopengagen» va «Bayer»ning kuchlari teng keldi (2:2) — 90+1-daqiqadagi avtogol leverkuzenliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Bryugge» mehmonga kelgan «Monako»ni ayab o‘tirmadi — 4:1, «Sporting» ham «Qayrat»ni shu hisobda «siyladi». «Galatasaroy» safarda «Ayntraxt»dan o‘z darvozasiga naq beshta gol qabul qilib oldi. Holbuki, o‘yinda hisobni turklar ochgandi.

«Nyukasl» maydonida «Barselona» muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi (2:1), nihoyat o‘yini ochilgan Markus Reshford bir yo‘la ikkita ajoyib gol muallifi bo‘ldi, mezbonlarning yagona goli 90-daqiqada kiritildi.

1-tur natijalari:

Kopengagen – Bayer 2:2
Gollar: Larsson 9, Robert 86 — Grimaldo 82, Hatsidiakos 90+1 (avt)

Bryugge – Monako 4:1
Gollar: Tresoldi 32, Onedika 39, Vanaken 42, Diahon 75 — Fati 90+1

Sporting – Qayrat 4:1
Gollar: Trinkau (44, 65), Santo (66), Kenda (68) — Edmilson (86)

Ayntraxt – Galatasaroy 5:1
Gollar: Sanches (37), Uzun (45+2) Singo (45+4), Burkardt (66), Knauff (75) — Akgun (8)

Manchester Siti – Napoli 2:0
Gollar: Holand (56), Doku (65)

Nyukasl – Barselona 1:2
Gollar: Gordon (90) — Reshford (58, 67)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring