Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL. «Yuventus» o‘z maydonida «Tottenxem»ni yenga olmadi, «Manchester Siti» esa mehmonda raqibini «yer tishlatdi»

YeChL. «Yuventus» o‘z maydonida «Tottenxem»ni yenga olmadi, «Manchester Siti» esa mehmonda raqibini «yer tishlatdi»

Foto: Getty Images

Futbol muxlislari intiqib ketgan Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi boshlandi. Bugun ikki qiziqarli uchrashuv muxlislar e’tiboriga havola etildi. «Bazel» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Yuventus» Turinda «Tottenxem» bilan kuch sinashdi.

Angliyada tobora yengilmas jamoaga aylanib borayotgan «Manchester Siti» chempionlar ligasida ham o‘z kuchini ko‘rsatdi. Gvardiola shogirdlari Shveysariya jamoasi darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi.

Yana bir ingliz klubi «Tottenxem» esa Italiyada «Yuventus» mehmoni bo‘ldi. O‘yinning dastlabki 10 daqiqasida ikki gol urib, oldinga chiqib olgan turinliklar g‘alabani saqlab qola olishmadi. Chempionlar ligasi tarixidagi eng tez dublga erishgan Iguainning gollariga Keyn va Eriksen javob qaytardi.

Foto: Getty Images

Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final. Birinchi uchrashuv

Bazel (Shveysariya) – Manchester Siti (Angliya) 0:4
Gollar: 0:1 – 14 Gyundogan, 0:2 – 18 Bernardu Silva, 0:3 – 23 Aguero, 0:4 – 53 Gyundogan.

Yuventus (Italiya) – Tottenxem (Angliya) 2:2
Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 2:0 – 9, penalti Iguain, 2:1 – 35 Keyn, 2:2 – 71 Eriksen.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring