Ekvadorda yoqilg‘i tankerlaridan ikki tonna kokain topildi

Joriy yil 28 avgustda ikkita yoqilg‘i tankeri Kolumbiyadan benzin yetkazib berish uchun Ekvador chegarasini kesib o‘tdi. Ammo kutilmaganda politsiya yukni tekshirishga qaror qildi va haydovchilar yoqilg‘i o‘rniga 2,3 tonna kokain olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Janubiy Amerikaning qator davlatlari giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashni kuchaytirdi. Xususan, Venesuela Kolumbiya bilan chegarada kontrabanda va qurolli guruhlar faoliyatini to‘xtatish uchun Karib dengizi va Venesuyela ko‘rfaziga harbiy kemalarini jo‘natmoqda. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, narkotik kartellariga qarshi kurashish uchun Karib dengizi janubiga harbiy kemalar yubormoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter