Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elchixonalarga kukun jo‘natuvchi qo‘lga olindi

Elchixonalarga kukun jo‘natuvchi qo‘lga olindi

Foto: «360tv.ru»

Turli mamlakatlarning Avstraliyadagi elchixonalari va konsulxonalariga kukun (noma’lum modda) solingan 38 dona paketni jo‘natishda gumon qilingan erkak kishi Avstraliya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Ayni paytgacha politsiya 29 paketni qo‘lga kiritdi, ularning ichida nima borligi tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.

Ayblanuvchi 48 yoshda bo‘lib, u Melburn shimolidagi Shepparton shaharchasidagi uyidan ushlab ketilgan.


Mavzu doirasida

Bombali xatlarni jo‘natishda gumondor shaxs Floridada qo‘lga olindi


Ma’lum qilinishicha, unga pochta xizmati orqali xavfli narsalar yuborish aybi qo‘yilmoqda. Bugun, 10 yanvar kuni Melburn shahar sudi uning ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Agar aybi bo‘yniga qo‘yilsa, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring