Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elon Mask Los-Anjelesdagi tunnelini namoyish etdi (video)

Elon Mask Los-Anjelesdagi tunnelini namoyish etdi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Tesla», «SpaceX» va «Boring Company» asoschisi Elon Mask o‘zining «Instagram»dagi sahifasiga Los-Anjeles xalqaro aeroporti bilan «SpaceX» shtab-kvartirasini birlashtirib turuvchi tunnel bo‘ylab harakatlangani tasvirlangan videoni joylashtirdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Mazkur tunnelni qurish ishlari deyarli yakunlangan bo‘lib, faqatgina mahalliy hukumatning ruxsatini olish qolgan. Hukumat ushbu tunnel orqali bir necha oy bepul harakatlanish borasida qaror chiqarib berishi kerak. Keyinchalik unda harakatlanish pulli bo‘ladi, biroq Maskning aytishicha, tunnel avtobus chiptalaridan ancha arzonga tushadi.

Shuningdek, Maskning tasdiqlashicha, tunnel birinchi navbatda yo‘lovchilar va velosipedchilar uchun mo‘ljallangan. Avtomobillar ham undan foydalanishlari mumkin, ammo ikkinchi navbatda. Bundan tashqari ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Vashington va Nyu-York o‘rtasida ham tunnel qazishni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring