Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elon Mask «Twitter»dagi akkauntini o‘chirdi

Elon Mask «Twitter»dagi akkauntini o‘chirdi

Foto: «AP»

«SpaceX» hamda «Tesla» kompaniyalari rahbari Elon Mask «Twitter»dagi o‘z akkauntini o‘chirganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Hozirgina «Twitter»dagi akkauntimni o‘chirdim», — deb yozdi Mask «Twitter»da.

«O‘chirish xabari»dan so‘ng Maskning «Twitter»dagi nomi «Daddy DotCom» bo‘lib qoldi. «SpaceX» rahbarining sahifasi hozircha foydalanuvchilar uchun ochiq turibdi.

Mask tvitlari bilan ko‘pincha boshog‘riqlarga sabab bo‘lib kelgan. Masalan, Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (AQSh) muvofiqlashtiruvchi bilan oldindan kelishmasdan turib kompaniya haqidagi muhim ma’lumotlarni «Twitter»da chiqarib yuborgani uchun  Mask bilan sudlashgandi.

Mask 2018-yili «Tesla» direktorlar kengashi raisligidan ketkaziladi. Chunki u birjada xususiy investorlar orqali kompaniya aksiyalarini sotib olganini «Twitter»da ma’lum qilganidan keyin kompaniya aksiyalari qiymati keskin oshib ketgandi. Shundan so‘ng firib berishda ayblanish xavfi ostida qolgan Elon Mask kompaniyadagi ikkita yirik lavozimning birini tark etgan, ko‘p millionli jarima to‘lagan, aksiyalar qiymatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tvitlarni oshkor qilishdan avval muvofiqlashtiruvchiga ko‘rsatib olish majburiyatini bo‘yniga olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring