Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Banklardan onlayn kredit olishga bir kunda bir marta ruxsat etiladi

Banklardan onlayn kredit olishga bir kunda bir marta ruxsat etiladi

Joriy yil 21 yanvar kuni Kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, onlayn kredit olish uchun ariza berilganda, kredit tashkiloti avvalo foydalanuvchi ma’lumotlarini Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrida tekshiradi.

Agar foydalanuvchi ma’lumotlari reyestrda topilmasa, onlayn kredit berish jarayoni davom ettiriladi.

Agar bir JShShIR bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta kredit tashkilotlari so‘rov yuborsa, kredit byurosi faqat birinchi bo‘lib yuborilgan so‘rovga javob beradi.

Birinchi so‘rov yuborgan kredit tashkiloti ushbu JShShIR bo‘yicha onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilsa, kredit byurolari mazkur JShShIR bo‘yicha boshqa kredit tashkilotlariga 24 soat davomida so‘rov qabul qilinmasligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring