Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Jasurbek ham bog‘chaga boradi

Endi Jasurbek ham bog‘chaga boradi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

«Obod qishloq» loyihasining amalga oshirila boshlanishi go‘yo hayotdan uzilib qolgandek turmush kechirayotgan hamyurtlarimiz uchun kutilmagan va unutilmas voqelik, katta xursandchilik bo‘ldi. Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham dastur doirasida davlat xizmatlari markazlari xodimlari aholiga o‘z xizmatlarini taqdim etib kelmoqdalar.

Yaqinda Xo‘jayli tumani davlat xizmatlari markazlari xodimlari onasi betobligi sababli DXM ga kelish imkoni bo‘lmagani uchun Jasurbek Baxtiyorovning 8-maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanmasini sayyor tartibda uyiga yetkazib berdilar.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz bo‘ylab jami 201 ta DXM xalqimizga xizmat ko‘rsatmoqda va sharoiti og‘ir insonlarning muammolari joylarga chiqib hal qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring