Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Endi uyli bo‘ldik degandim». Uyining tomini shamol uchirgan fuqarolarning aybi nima?

«Endi uyli bo‘ldik degandim». Uyining tomini shamol uchirgan fuqarolarning aybi nima?

Foto:«Uza.uz»

Qoraqalpoqda esgan shamol...

Ijtimoiy tarmoqlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi segmetida katta bahs munozaralarga sabab bo‘layotgan asosiy voqealarning biri 14-iyun’ kuni soat 20:32 – 20:38 lar oralig‘ida yuz bergan kuchli shamolning tezligi 18-23 m/s.ga teng bo‘lgan. Gap shamolning qancha tezligi yoki kuchliligi emas, balki shu vaqt oralig‘ida nimalar sodir bo‘lganida.

- Bu shunchaki daxshat edi... Men shunchaki to‘zonni videoga olib turgandim. Ikki daqiqa ichida aqlga sig‘maydigan voqealar bo‘lib ketdi. Nukus shahrining markazi joylashgan «Namunali uy»larning shiferlari shamolga bardosh berolmasdan uchib, yo‘l bo‘yiga odamlar va mashinalar ustiga tushdi. Hamma baqir-shaqir qilib, har joyga qocha boshladi,-deydi tarmoq foydalanuvchilardan biri Shuhrat Saidahmadov.

«Bu anomal jarayon emas. Chang bo‘ronlari, mintaqa yuzaga kelgan vaziyat va iqlimdan kelib chiqib xulosa qilinsa, Qoraqalpog‘iston uchun xos. Shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi prognoz qilingan edi. Odatda bunday shamol chang va tuz zarralarini havoga ko‘taradi»,-deya ma’lum qildi «O‘zgidromet» vakillari. Kuchli shamol oqibatida Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 32-uy, Yerejepov ko‘chasidagi ko‘p qabatli 10-uy, «Sarbinaz» MFYda joylashgan ko‘p qabatli 4/24 uy, «Samanbay» MFY Aybek ko‘chasi 100 uy hamda Respublika shoshilnch tez tibbiy yordam markazining tom qismi uchib tushgan. Bu uylarning aksariyati hali egasi ham kirmagan «namunali uy”lardir.

«Endi uyli bo‘ldik degandim»...

Bunday holatlar birinchi marotaba emas. Har shamol yoki to‘zon bo‘lsa, bunaqa video va rasmlar ijtimoiy tarmoq lentalarida aylanishi tabiiy. Ammo, bir savol doim ochiqchasiga qolib ketadi, nimaga ta’mirdan chiqqan yoki yangi qurilgan uylar bir shamol esib bersa, ta’mirtalab holga kelib qoladi?! Tegishli tashkilotlar nimaga doim «umumiy javob» bilan cheklanishadi?! Bu uyga yetguncha yurtdoshlarimizning nechchi yillab mehnat qilishgan, halol pullari evaziga sotib olingan. Endi uyga yolchidim, boshimda boshpanam bor desa-yu, ammo shamolga chidam bermasdan «tom»i qulab tushsa. Qoraqalpog‘istondagi kuchli shamol doim kuzatiladigan holat. Hamma masalaning ekologik jihatiga, esgan shamolning (aholi uni tuzli shamol deb atashadi) inson organizmiga salbiy ta’siriga e’tibor berishdi va aksariyat baxs mulohazalar shu mavzu atrofida bo‘ldi. Albatta, masalaning bu tarafi eng asosiy hal bo‘linishi kerak bo‘lgan muammo, ammo masalaning yana bir tarafi borki biz unga odatda ko‘z yumamiz.

N.R. (namunali uyda istiqomat qiluvchi fuqaro): -18 yildan ortiq uy-joysiz kvartirada turmush o‘rtog‘im va uch nafar farzandim bilan yashadik. Bu uyga yetguncha ko‘rmagan azobimiz qolmadi, yosh farzanlarimizni qarindoshlarimizga tashlab, ikkalamiz Qozog‘istonga ishga ketgan vaqtimiz ham bo‘lgan. Tomog‘imizdan, kiyimimizdan tejab yig‘dik. Endi uyli bo‘ldik deganimizda, yo shiferi ketadi yoki devoriga chiziq tushib har yili ta’mirga muhtoj bo‘ladi. O‘tgan yili qizimizni uzatdik, shu paytda bir ta’mir qilgandik. Bu bo‘yicha hokimyatga ko‘p murojaat qilganmiz, ammo qoniqarli javob ololmadik. Nima qilamiz boriga shukr deb yashayapmiz.

Tegishli tashkilotlar nima deydi...

Bu holat birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasida emas, balki barcha joylarda uchraydi. Bir narsa barchamizga ma’lumki, fuarolarimiz arzon yoki namunali deya e’tirof etilayotgan uy-joylarni «arzon»ga olishmagan. Negaki, bu pullar ayrimlar uchun ko‘z ochib yumguncha so‘mmadir, ammo aksariyat yurtdoshlarimiz nechchi yillik mehnat, qog‘ozbozlik, u yoqga yugur, bu yoqga yugurlardan keyin egalik qilishmoqda. Uy olguncha shuncha sarson yetmagandek, endi yangi uyga ta’mir qilish yoki tegishli tashkilotlarda amaliy yordam kutish sarsongarchiligi bo‘layotgani bor gap. Bir narsani alohida aytib o‘tishimiz kerak, biz bozor iqtisodiyoti davrida yashayotgan ekanmiz, demak cho‘ntagimizdan chiqayotgan har bir tiyin uchun ham ish xizmatini talab qilishimizga haqqimiz bor. Shamolga ham taslim bo‘ladigan uy emas, balki nechcha yillar davomida baxtli hayot kechiraman, 50 yil kafolat muddati bor bo‘lgan uylarni xarid qilganmiz. Ammo, tabiiy ofat borligini unutmasligimiz kerak, agarda zilzila bo‘lsachi?....

Fuqarolarimizning shuncha yillar qiynalib topgan uylarining «tom»idan, o‘zimizga «uy» qurib gunohga qolmaylik. Bunday holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlardan «umumiy, rasmiy» emas, amaliy javob kutamiz!

Ayjamal Joldasbayeva,
Iste’molchilar huquqlarini himoya
qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassis

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring