Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endilikda adliya organlari diniy tashkilotga jarima sola olmaydi

Endilikda adliya organlari diniy tashkilotga jarima sola olmaydi

Foto: «volga.news»

Hukumatning 2018-yil 31-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qilishicha, mazkur nizom qabul qilinishi munosabati bilan ilgari amalda bo‘lib kelgan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.

Ilgari amal qilgan tartibga asosan qonun va ta’sis hujjatlari talablari buzilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ (Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari) diniy tashkilotga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima solishga haqli ekanligi belgilangan edi, yangi qabul qilingan qarorda ushbu narsa nazarda tutilmagan, ya’ni adliya organlaridan diniy tashkilotga jarima solish vakolati olib tashlangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring