Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident klaster faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammoni aytdi

Prezident klaster faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammoni aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari klasterlarni moliyalashtirish tizimini keskin tanqid qildi.

Sohadagi eng asosiy muammo – amaldagi eskicha moliyalashtirish tartibi, ayni paytda klaster tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga mutlaqo javob bermayapti.

Ayniqsa, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kredit muddatlarini uzaytirish va miqdorini ko‘paytirishni so‘ramoqdalar.

Muammo shundaki, hozirda klasterlarga kredit 11 oy muddatga ajratiladi. Paxta xom ashyosini yetishtirib, uni qayta ishlashga esa, kamida 24 oy kerak.

Yerni ekishga tayyorlash ishlari oktyabrda boshlansa-da, kredit 3-4 oy kechiktirilib, yanvar-fevral oylaridan ajratiladi.

Bu eskirgan tizim, endi to‘liq o‘zgaradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, paxta hosilini moliyalashtirish, shudgor davridan, ya’ni oktyabr oyidan boshlanadi. Bundan buyon, klasterlarga kreditlar 24 oy muddatga ajratilib, uning imtiyozli davri amaldagi 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi.

Davlat rahbari tomonidan paxta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar, faqat klasterlar orqali moliyalashtirilishi ta’kidlandi.

— Endi, Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘, hosil yetishtirishning amaldagi 60 foizidan 80 foizigacha oshiriladi.

Shuningdek, yakuniy hisob-kitob uchun, klaster oladigan kredit foizining Markaziy bank stavkasidan oshadigan qismiga budjetdan kompensatsiya ajratiladi.

Lo‘nda qilib aytganda, klaster olgan kreditini, xom ashyoni eng kamida ip-kalava va matoga aylantirgandan keyin qaytaradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring