Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng halokatli saraton kasalligini ham davolashning yangi usuli topildi

Eng halokatli saraton kasalligini ham davolashning yangi usuli topildi

Foto: «Depositphotos / lightsource»

Olimlar saratonning eng halokatli turi hisoblangan oshqozon osti bezi saratonini davolashning yangi usulini ishlab chiqdilar. Bu haqda «RIA Novosti» «Journal for ImmunoTherapy of Cancer»da nashr etilgan ingliz va xitoylik tadqiqotchilarning ishlariga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar oshqozonosti bezi saratonini modifikatsiya qilingan chechak virusi bilan davolash mumkinligini aniqladilar. Olimlar xavfsizligini oshirish uchun chechak vaksinasi onkolitik virusini o‘zgartirishdi. Shuningdek, u saraton kasalligiga qarshi kuchli immunitet ham hosil qiladi. Ta’kidlanishicha, terapevtik platformani qo‘llash, shu jumladan, davolash uchun chechak virusidan foydalanish oshqozonosti bezi saratoniga chalingan bemorlarning umrini uzaytirish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi.

Qayd etilishicha, oshqozonosti bezi saratonida tirik qolish darajasi onkologik kasalliklar orasida eng past ko‘rsatkichga ega. Odatda ushbu kasallikni davolashda kimyoterapiya va nurterapiya yordam bermaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring