Eng hurliqo jinoyatchi taslim bo‘ldi
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan xitoylik Sinchen Szinszin politsiyaga taslim bo‘ldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
Ta’kidlash kerak, ayol sodir etgani aytilayotgan jinoyat ko‘lami tufayli emas, balki tashqi ko‘rinishi sabab mashhur bo‘lib ketgandi. Qidiruvdagilar ro‘yxatida uning suratini ko‘rgan tarmoq foydalanuvchilari ayolga «Eng hurliqo jinoyatchi» deya ta’rif berishgandi. «Chiroyli ekaning yaxshi, illo bundan jinoyat vositasi sifatida foydalanish kerak emas», deydi mahalliy politsiya vakili.
Sinchen Szinszin o‘zi a’zo bo‘lgan jinoiy guruh tarkibida firibgarlik bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur guruh Sichuan provinsiyasining Myanyan shahridagi bar va kafelarda mijozlarni chuv tushurib kelishgan. Jabrlanuvchilarni laqqa tushirishda ayolning chiroyi juda qo‘l kelgani aytiladi.
Hurliqodan tashqari jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zosi ham politsiyaga taslim bo‘lishdi. Guruhning yana ikki a’zosi esa hamon qirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter