Eng ifloslangan sayyohlik shaharlari ma’lum bo‘ldi
Yuklarni saqlashga ixtisoslashgan Radical Storage kompaniyasi dunyoning eng ifloslangan sayyohlik shaharlari antireytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatni Vengriya poytaxti Budapesht boshqarmoqda. Shaharning chiqindilardan tozalash tizimi sayyohlarni qoniqtirmadi: ularning 37,9 foizi Budapesht haqida salbiy munosabat bildirdi.
Ikkinchi o‘rinda — Rim, kelgan mehmonlarning 35,7 foizi «abadiy shahar»ning tozaligi risoladagidek emasligidan shikoyat qilgan. Las-Vegas (AQSh) ushbu ro‘yxatda uchinchi o‘rinda (31,6 foiz).
Eng ifloslangan sayyohlik shaharlari o‘ntaligiga quyidagi shaharlar ham kirdi:
- Florensiya (Italiya)
- Parij (Fransiya)
- Milan (Italiya)
- Verona (Italiya)
- Frankfurt (Germaniya)
- Bryussel (Belgiya)
- Qohira (Misr).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter