Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng uzoq sayohat

Eng uzoq sayohat

Foto:«Sabah.com»

Angliya poytaxti London shahridan shu yil 31-avgust kuni yo‘lga chiqadigan yo‘lovchi kema eng uzoq sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

245 kun davom etadigan sayohat davomida 59 ta davlatga boriladi. Safar davomida 113 dan ziyod joyga ziyorat uyushtiriladi.

Safar doirasida Reykyavik, Patagoniya, Malta, Italiya, Jazoir, Norvegiya, Braziliya, AQSh kabi davlatlarga boriladi.

Tarixiy sayohat Shvetsiya va AQSh hamkorligida ishlab chiqilgan «Viking» kemasida amalga oshiriladi. 930 kishilik jamoa 93000 dollar evaziga 59 ta davlatga sayohat uyushtiradi.

Ayni paytda eng uzun sayohatga necha kishi xayrixoh bo‘lishini ko‘pchilik qiziqish bilan kutayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring