Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Markaziy bankka yangi rahbar tayinladi

Erdo‘g‘on Markaziy bankka yangi rahbar tayinladi

Hafize Gaye Erkan Turkiya Markaziy bankini boshqargan birinchi ayol bo‘ladi.

Financial Times  xabariga ko‘ra, Prinston universiteti bitiruvchisining tayinlanishi Turkiyaning qayta saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on narxlarning keskin ko‘tarilishi va liraning davom etayotgan qulashiga olib kelgan avvalgi pul-kredit siyosati pozitsiyasidan voz kechishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

To‘g‘ri, bu tayinlov Turkiyada lira kursining tushishini darhol  to‘xtatgani yo‘q. Markaziy bank rahbari o‘zgarishi fonida milliy valyutaning kursi yana bir yarim foizga tushib ketdi va bir dollar uchun 23,5 lirani tashkil etib, rekord darajaga yaqinlashdi.

Hafize Gaye Erkan Turkiyada o‘qishni tamomlagandan so‘ng, Amerika Qo‘shma Shtatlarida tahsilni davom ettirdi va o‘z kasbiy faoliyatini «Goldman Sachs»da boshladi va u yerdan First Republic Bank ’ga ko‘chib o‘tdi. 2021 yilda u bankning ijrochi direktorlaridan biri etib tayinlandi.

Turkiya Markaziy bankining yangi rahbari risklarni boshqarish sohasidagi mutaxassis sanaladi. U 2019 yildan buyon MBni boshqargan beshinchi rahbarga aylandi.

Turkiya Markaziy bankining stavkasi ikki yil ichida 19 foizdan 8,5 foizga tushirildi, bu esa sezilarli inflyasiyaga olib keldi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring