Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning Halab yaqinidagi harbiy bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Eronning Halab yaqinidagi harbiy bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Illyustrativ surat.

Foto: «Ukrinform.ru»

Eronning Halabdagi harbiy bazasida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda dunyoning ko‘plab ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Jumladan, «Jerusalem Post» nashri hodisa guvohlari hodisa ro‘y bergan vaqtda osmonda Isroil harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlarini ko‘rishgani haqida xabar bergan. Nashrning yozishicha, portashlardan keyin harbiy bazada yong‘in sodir bo‘lgan.

«CNN Turk» esa portlashda yigirmatacha eronlik askarlar halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Isroil tomoni hozircha mazkur hodisa xususida hech qanday izoh bermagan. Shuningdek, hodisa qurol-aslahalar omboridagi portlashlarning oqibati sifatida ham talqin qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring