Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda 2 million 808 ming kishi giyohvandlikka ruju qo‘ygan

Eronda 2 million 808 ming kishi giyohvandlikka ruju qo‘ygan

Foto:«Avrupa Gazete»

Eron giyohvandlikka qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati boshlig‘i Parviz Ashraf mamlakatda 2 million 808 ming kishi narkotik moddalarga ruju qo‘yganini aytdi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Ashraf 26-iyun – Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Eronda giyohvandlikka qarshi kurashishning bugungi ahvoli haqida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Eronda 2 million 808 ming kishi og‘u girdobiga tushib qolgan.

Eronda spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilish taqiqlangan. Lekin mamlakatda har yili 3 ming kishi aynan narkotik moddalar iste’mol qilish tufayli hayotdan ko‘z yummoqda. Norasmiy manbalarga ko‘ra aslida bundaylar soni juda ko‘p.

BMTning giyohvandlik vositalarini nazorat qilish agentligi hisobotiga ko‘ra dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan jami narkotik moddalarning 19 foizini iste’mol qilayotgan Yevropa davlatlaridan keyin ikkinchi o‘rinda Eron turadi. Bu davlatda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan jami narkotik moddalarning 15 foizi iste’mol qilinar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring