Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronning raketasi kosmodromning o‘zida portlab ketdi

Eronning raketasi kosmodromning o‘zida portlab ketdi

Foto: «AP»

Payshanba, 29-avgust sanasida Eron raketasi Imom Humoyun nomli kosmodromning start maydonchasida portlab ketdi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Agentlik xodimi portlash texnik sabablarga ko‘ra yuz berganini aytgan. Hozirda olimlar muammoni hal etish ustida ishlashmoqda.

Xabarda keltirilishicha, bu joriy yilda Eronning kosmik kemani uchirishga bo‘lgan birinchi muvaffaqiyatsiz urinishi emas. Yanvarda Eron islom respublikasi yo‘ldoshni uchirishga qo‘l urgandi, biroq u belgilangan orbitaga yetolmagan. Iyulda kosmodromdan Eron ishlab chiqargan «Semurg‘» raketasi chiqarilgandi. Eronda bu parvoz muvaffaqiyatli kechdi deyilgandi, biroq Amerika ommaviy axborot vositalari AQSh razvedka manbalariga tayanib, bu ma’lumotni inkor etishdi.

Eron kosmik dasturi 2003-yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Birinchi to‘liq Eron «Umid» yo‘ldoshi 2009-yili uchirilgan. U orbitada ikki oy bo‘lgach, atmosferada yonib ketgandi. Biroq uning missiyasini muvaffaqiyatli deb e’lon qilishdi. G‘arbda Eron kosmik dasturiga ishonch bilan qarashmaydi. Negaki, forslarning asl maqsadi ballistik raketalar ishlab chiqarish deb hisoblashadi. Tehron esa yo‘ldoshlar faqat tadqiqot funksiyasini bajaradi, deya uqtirishdan charchamayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring