Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMga hujjatlar qabul qilish sanasi o‘zgardi

OTMga hujjatlar qabul qilish sanasi o‘zgardi

2017-2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddati 15-iyundan 15 -iyulga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Joriy yilda esa 15-iyun sanasi Ramazon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelgani  munosabati bilan — dam olish kuni deb e’lon qilingani uchun oliy o‘quv yurtlariga ertadan, ya’ni 16- iyun sanasidan hujjat qabul qilish boshlanadi. 

Avvalroq 2018-2019-o‘quv yili uchun  O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat uchun 69460 nafar abituriyentlar qabul qilinishi haqida xabar bergan edik. 

Bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda 1714 nafar ko‘proq abituriyentga talaba bo‘lish nasib etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring