Yevropa Ittifoqi davlatlari: mudofaa xarajatlari eng ko‘p kimda?
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari global xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda mudofaa sohasidagi sarf-xarajatlarni sezilarli ravishda oshirdi. Yevropadagi Mudofaa agentligi (EDA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda YeI davlatlari umumiy hisobda 343,2 milliard yevro mudofaa maqsadlariga yo‘naltirgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda deyarli ikki baravar o‘sish demakdir.
2024-yilda YeI mudofaa sarflarining deyarli yarmi ikki davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan:
- Germaniya — 90,6 mlrd yevro (26,4 foiz)
- Fransiya — 59,6 mlrd yevro (17,4 foiz)
Ularning umumiy hissasi 43,8 foiz, ya’ni 150 mlrd yevrodan ortiq.
Bu ikki davlatning yetakchiligi Yevropa xavfsizlik strategiyasida ularning o‘rni yanada kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar fikricha, xarajatlarning keskin ko‘payishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi omillar bilan bog‘liq:
- Rossiyaning Ukrainaga to‘liq masshtabli bosqini;
- AQShning Yevropa xavfsizligidagi ishtiroki kamayishi;
- NATO va YeIning o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirish zarurati;
- Rossiya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi to‘qnashuv xavfi, ayniqsa Ukraina qo‘shnilari uchun.
EDA hisoblariga ko‘ra, 2025-yilda YeI mudofaa xarajatlari 392 milliard yevroga yetishi mumkin.
Birinchi beshlik 2024-yilda umumiy xarajatlarning 69 foizidan ortig‘ini tashkil etdi:
- Italiya — 32,7 mlrd yevro;
- Polsha — 31,9 mlrd yevro;
- Ispaniya — 22,7 mlrd yevro.
YeIning 14 davlati mudofaaga 5 milliard yevrodan kam (umumiy hisobda 28,2 mlrd yevro) mablag‘ sarflagan. Eng kam xarajat qilgan davlat esa Malta, atigi 99 mln yevro.
NATOning asosiy a’zolaridan, biroq Yevroittifoq tarkibida bo‘lmagan Buyuk Britaniya va Turkiya, Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mos ravishda yuqoridagi maqsadlar uchun 65,8 mlrd funt sterling (74,97 mlrd yevro) va 24,4 mlrd yevro sarflagan.
2014-yilda, Rossiyaning Ukrainaga birinchi bosqini vaqtida, bu maqsadlar uchun xarajatlar 188,5 mlrd yevro edi. Shundan beri YeI har yili mudofaa budjetini oshirib kelmoqda.
- 2020-yilda — 234,2 mlrd yevro
- 2024-yilda — 343,2 mlrd yevro
- 2025-yilda — 381 mlrd yevro (prognoz)
ECFR tahlilchisi Rafael Lossning ta’kidlashicha, 2014-yildan so‘ng Yevropa mamlakatlari mudofaani zaiflashtirish siyosatidan voz kechib, qayta qurollanish yo‘lini tanlagan. NATOning a’zo davlatlardan har yili yalpi ichki mahsulotining (YaIM) kamida 2 foizini mudofaa xarajatlariga sarflash talabi yanada qat’iylashdi.
Manba: ru.euronews.com


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter