Yevropa Ittifoqida muhojirlar soni rekord miqdorga yetdi
Yevropa Ittifoqida qancha migrant borligi aytildi.
Migratsiya tadqiqotlari va tahlili markazi (CReAM) tomonidan Berlinning Rockwool Foundation markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan hisobotga ko‘ra, 2025-yilda Yevropa Ittifoqida 64,2 million immigrant istiqomat qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,1 millionga oshib, rekord darajaga yetdi. 2010-yilda Yevropa Ittifoqida taxminan 40 million immigrant bo‘lgan.
Hisobotga ko‘ra, Germaniya qariyb 18 million kishi bilan eng ko‘p migrantlar soniga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda. Fransiya va Ispaniyada bu ko‘rsatkich mos ravishda 9,6 million va 9,5 millionga yetdi. Biroq, Ispaniya yirik Yevropa mamlakatlari orasida eng ko‘p migrantlar oqimini qayd etdi.
Umumiy aholisiga nisbatan Lyuksemburgda migrantlar ulushi eng yuqori - 51,2 foiz. Italiya, Malta va Kipr 33 foiz, 32 foiz va 27,6 foiz keyingi o‘rinlarda keladi keladi. Ularning eng kichik ulushi Polshada - 26 foiz.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter