Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa termometrlari yangi rekordlarga shaymi?

Yevropa termometrlari yangi rekordlarga shaymi?

Foto: «UNN»

Yevropa mamlakatlariga jazirama issiq xavf solmoqda. Bu haqda «The Guardian» bugun, 21-iyun kuni xabar berdi.

Markaziy Yevropa yuqori bosim ostida, Atlantika okeanida po‘rtanalar hosil bo‘lmoqda, sinoptiklar bundan qattiq xavotirda, chunki issiq havo oqimi Afrikadan shimolga harakatlanishni boshlashi mumkin.

Fransiyada havo harorati 35 darajadan 40 darajagacha ko‘tarilib ketishi kutilyapti, shu bois sog‘liqni saqlash vaziri Anes Buzin mahalliy hokimliklar va kasalxonalarni to‘liq shay holatda turishga chaqirdi. O‘tgan yili mamlakatda iyul va avgust jaziramasi 1 500 dan ziyod insonni hayotdan olib ketgandi.

Germaniya meteorologlari esa havo harorati 40 darajadan ham oshib ketishi ehtimolini 50/50 deya baholashyapti.

«Eng katta xavf keksalar va bolalarga tug‘iladi. Shuning uchun ham issiq payti zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqish tavsiya etilmaydi», — deya maslahat berishdi tibbiyot mutaxassislari.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi anomal issiq havo tufayli Hindistonda 70 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring