Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» videolarni jamoa bo‘lib tomosha qilish imkonini beradigan funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

«Facebook» videolarni jamoa bo‘lib tomosha qilish imkonini beradigan funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: «NV.ua»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida videolarni guruh bo‘lib tomosha qilish imkonini beradigan «Watch Party» funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi funksiya guruh a’zolarida bitta videoni birgalikda ko‘rish, shu bilan birga izoh qoldirish imkonini beradi, deb xabar qildi «NV.ua».

«Watch Party»ni ishlatish uchun guruh moderatorlari bir yoki bir nechta videoni olib, uni guruh ichida joylashtirish kerak. Dasturchilarning fikricha, foydalanuvchilar videoni real vaqt rejimida muhokama qilishi mumkin, xuddi do‘stona kinoseansdagi kabi.

«Biz odamlarni birlashtiradigan va passiv iste’mol o‘rniga insoniy aloqalarni ilhomlantiradigan vositalarni yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz», — deydi «Facebook»ning mahsulot bo‘yicha direktori Fiji Simo.

Foydalanuvchilar real vaqtda ko‘rgan videosi borasida o‘z hissiyotlari namoyish etishi va izoh qoldirish mumkin bo‘ladi. Fiji Simoning so‘zlariga ko‘ra, sinov guruhlarda o‘tkazilmoqda, chunki ularning a’zolarini umumiy qiziqish birlashtirib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring