Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona va Leningrad viloyatlari qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

Farg‘ona va Leningrad viloyatlari qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Rossiyada samarali uchrashuvlar o‘tkazib, sanoat, savdo va investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Leningrad viloyati iqtisodiy rivojlanish va investitsiya faoliyati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lina Nikiforova va O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi vakili Umidjon Boltaboyev ishtirokida o‘tkazilgan muloqot davomida Farg‘ona viloyatida investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va viloyatning investitsion muhiti haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda sanoat, savdo va investitsiya sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, asosiy yo‘nalishlar sifatida mahsulot eksportini kengaytirish, ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring