Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 4 yoshli bola bog‘chadan chiqib, cho‘kib ketgan. Prokuratura jinoiy ish ochdi

Farg‘onada 4 yoshli bola bog‘chadan chiqib, cho‘kib ketgan. Prokuratura jinoiy ish ochdi

Illstrativ foto.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchi bola daryoda cho‘kib vafot etgan.

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan kun soat taxminan 08:30 larda tarbiyalanuvchini katta opasi 23-sonli DMTT tarbiyalovchilari ixtiyoriga olib kelib tashlab ketgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va rahbarining beparvo, loqayd munosabati oqibatida tarbiyalanuvchi MTT hududidan ruxsatsiz chiqib, opasining orqasidan yugurgan. Baxtsiz tasodif bilan sirpanib, uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi «Sobirjon» daryosiga yiqilib tushgan va natijada cho‘kib ketgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida bola bog‘cha hududidan bir necha bor ruxsatsiz chiqib ketgani, biroq bog‘cha xodimlari buni yuqori idoralardan yashirib, bundan hech qanday xulosa chiqarmagani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) hamda 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati bayonotida.

DMTTning moliyaviy faoliyati o‘rganilganda, tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo‘lgan 24,3 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganligi ham aniqlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avval Xorazm, Namangan va Qashqadaryodagi bog‘chalarda bolalar o‘limi kuzatilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring