Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada darvozani buzdirgan MIB xodimi hayotiga qasd qilindi

Farg‘onada darvozani buzdirgan MIB xodimi hayotiga qasd qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Kecha, 18-may kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida noxush hodisa sodir bo‘ldi.

IIV xabariga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.B. hamkasblari bilan birgalikda «Yangiqo‘rg‘on» avtoshohbekatida joylashgan «Mahbuba Zulfiya» MChJga tegishli noqonuniy ravishda qurilgan devor va metall darvozani buzdirish uchun boradi.

Ammo uning harakati muqaddam sudlangan, A.A.ga xush kelmaydi va MIB xodimiga to‘sqinlik qilib, B.B.ning boshiga chopqi bilan uradi.

Oqibatda B.B. kasalxonaga yotqizilgan. A.A. esa hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring