Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon ismlari qo‘yildi

Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon ismlari qo‘yildi

Foto: «Daryo»

Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona majmuasida 1-may kuni soat 00:40 da uch egizak chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida tug‘ilgan chaqaloqlarga O‘zbekiston Prezidenti va uning oilasi sharafiga ismlar tanlangan. Egizaklarga Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining katta qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yilgan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, tug‘ilgan bir o‘g‘il va ikki qizning ahvoli yaxshi, onaning ahvoli ham joyida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring