Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada «Yandeks» haydovchisi va mijoz yo‘l o‘rtasida janjallashdi

Farg‘onada «Yandeks» haydovchisi va mijoz yo‘l o‘rtasida janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro avtomobil yo‘lining o‘rtasida o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, mazkur voqea Farg‘ona shahrida yuz bergan. Bu haqda viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. «Yandeks» firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi Farg‘ona shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan I.R. qabul qilib, birozdan so‘ng o‘z boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasida Sh.S. turgan S.Temur ko‘chasiga yetib kelgan.

Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati o‘chib qolganligidan va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirib yuborgan.

Hozirda holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring