Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi avtohalokatda ikki oilaning olti a’zosi halok bo‘ldi

Farg‘onadagi avtohalokatda ikki oilaning olti a’zosi halok bo‘ldi

11-may kuni Farg‘ona viloyati hokimligida yo‘l-transport hodisalari oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Videoaloqa orqali viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari ham ulangan yig‘ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov va boshqa rasmiylar qatnashdi. 

Yig‘ilishda kuni kecha viloyatning Yozyovon tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda sodir etilgan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar fuqaro – ikki oila vakillari vafot etganligi va 4 nafar fuqaro tuman shifoxonasining jonlashtirish bo‘limida hayot uchun kurash olib borayotganligi ma’lum qilindi.

Shundan kelib chiqib vodiy viloyatlarini bog‘lovchi A-373 yo‘nalishidagi yo‘l belgilari, beton to‘siqlar, yo‘l yoritgichlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari to‘liq o‘rganib chiqilishi ta’kidlab o‘tilgan.

Biroz avval Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, «Ubayda» MFY hududidagi chorrahada yuk avtomobili va «Lasetti» ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring