Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fayl sig‘imi juda katta». Ma’lumotlarni fleshkaga yozishda yuzaga keladigan muammoning yechimi

«Fayl sig‘imi juda katta». Ma’lumotlarni fleshkaga yozishda yuzaga keladigan muammoning yechimi

Foto: «Layfxaker»

Ba’zi holatlarda fleshkada bo‘sh joy ko‘p bo‘lsa-da, kerakli faylni unga ko‘chirib bo‘lmaydi. Bu kabi holatlar odatda hajmi 4 gigabaytdan ortiqroq bo‘lgan fayllar bilan sodir bo‘ladi.

Foto: «Layfxaker»

«Windows» foydalanuvchilarining ishchi oynasida «Mazkur faylning hajmi juda katta…» yozuvi chiqib qoladi. «macOS»dan foydalanuvchilarda esa bu kabi holatda «Ushbu ob’yektni ko‘chirishning iloji bo‘lmayapti» mazmunidagi xatolik paydo bo‘ladi.

Mazkur holatlar 4 gigabaytdan ortiq bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olishni qo‘llab-quvvatlamaydigan fayllar tizimi ombori FAT32 (yoki MC-DOC) bo‘lganida yuzaga keladi. Cheklovni bartaraf etish uchun fleshkani formatlab, fayl tizimini o‘zgartirish kerak.

Foto: «Layfxaker»

Agarda siz «Windows» operatsion tizimidan foydalansangiz «provodnik»ni ochib, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda fleshkani «formatlash»ni tanlang. Ochilgan oynada fayl tizimini «NTFS»ga o‘zgartiring.

Shu bilan birga «Tezkorlik bilan formatlash»ni belgilashni unutmang.

Foto: «Layfxaker»

Agarda siz «macOS»dan foydalansangiz, disk utilitasini ishga tushiring: Finder → «Dastur» → «Utilita» → «Disk utilitasi». Yon paneldagi fleshka belgisini tanlang va uning tepasidagi «o‘chirish» belgisini bosing. Keyingi oyna orqali «Mac OS Extended» formatini belgilang.

«O‘chirish» tugmasini bosib, formatlash jarayoni tugashini kuting.

Shundan so‘ng istalgan hajmdagi fayllarni fleshkaga siqqunicha ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring