Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermerlarga paxta xom ashyosini talabgor korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi 

Fermerlarga paxta xom ashyosini talabgor korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi 

Foto: O‘zA

Fermerlar paxta xom ashyosini qayta ishlovchi va to‘qimachilik korxonalariga o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.

Davlat dasturi bugun, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlar tez orada ma’lum qilinadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring