Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi avtobus sovg‘a qildi

FIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi avtobus sovg‘a qildi

Foto: MOQ

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bir necha bor uchrashuv o‘tkazib, uchrashuv chog‘ida o‘zbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot bergan hamda yangi dastur va loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Kelishuvga ko‘ra, Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA tomonidan yangi avtobus sovg‘a qilinishi haqida aytib o‘tgandi. Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun va’da qilgan yangi avtobus Toshkentga yetib keldi.

«Mercedes Travego M» rusumidagi ushbu avtobus 46 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 483 ot kuchiga ega. Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o‘z avtobusi bor. Ushbu avtobus milliy ramzlarimiz va O‘FA logolari bilan bezatiladi hamda yig‘in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatga shay bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring