Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Forbes» eng yosh kriptomilliarderni aniqladi

«Forbes» eng yosh kriptomilliarderni aniqladi

Vitaliy Buterin.

Foto: VK / byterin

Rossiyalik Vitaliy Buterin — dunyodagi eng yosh kriptomilliarder. Bu haqda «Forbes» yozmoqda.

27 yoshli Buterinning hisobida jami qiymati $1 mlrd.dan oshuvchi 333 520 token bor. Hozirda bir tokenning narxi — 3348,8 dollar.

Buterin Ethereum blokcheyn-platformasi va raqamli valyutasining asoschilaridan biridir. Valyuta narxi 3-may kuni keskin yuqorilab ketdi, bungacha eng yuqori narxi 2021-yilning yanvar oyida qayd etilgandi: $1440. Ushbu valyuta qiymati yil davomida 325 foizga oshgan.

Ethereum — bozor qiymati bo‘yicha jahondagi ikkkinchi yirik kriptovalyuta, jami tokenlar yig‘ilsa $389 mlrd.ni tashkil etadi.

Jahonning «birinchi raqamli» kriptovalyutasi — bitkoin kapitali jami $1,05 trln.ga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring