Fransiya Eurodrone loyihasini tark etdi
Fransiya Germaniya, Italiya va Ispaniya bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan Eurodrone — uzoq masofaga uchuvchi razvedkachi dron loyihasini tark etdi.
Parij endilikda dronlar to‘dasi va kibertizimlar kabi arzon hamda moslashuvchan texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Yuqoridagi loyiha Yevropaning mudofaa mustaqilligi uchun muhim bosqich deb hisoblanayotgan edi. Biroq jarayonning cho‘zilib ketgani va xarajatlarning qariyb 8 mlrd yevroga yetgani asosiy to‘siq bo‘ldi. Bundan tashqari, ishtirokchilar o‘rtasidagi konstruktiv va texnik yechimlar bo‘yicha kelishmovchiliklar ham muddat va budjetga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Fransiya chiqib ketganiga qaramay, Germaniya, Italiya va Ispaniya xarajatlar oshishi kutilayotganini inobatga olgan holda dasturni davom ettirish niyatida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter