Frenk Lempard «Derbi Kaunti» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Angliya terma jamoasi va «Chelsi» klubi sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard «Derbi Kaunti» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U o‘tgan yilning fevral oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Lempard klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
«Derbi Kaunti» 2017/18-yilgi mavsumda chempionshipda oltinchi o‘rinni egalladi. Jamoa premer-ligaga chiqish uchun o‘tkazilgan o‘tish o‘yinida «Fulxem»ga mag‘lub bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter