Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futzal. O‘zbekiston bugun Eron bilan kuch sinashadi

Futzal. O‘zbekiston bugun Eron bilan kuch sinashadi

Foto: www.the-uff.com

Bugun Osiyo chempionati yarim finali doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan o‘ynaydi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan 27 marta to‘qnash kelgan. 26 bor forslar g‘alaba qozongan, faqat bir marta — 2012-yilda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida durang qayd etilgan.

Terma jamoamiz Eronga qarshi eng yirik mag‘lubiyatni 2014-yilgi Osiyo chempionatida qabul qilgan. Vetnamda bo‘lgan musobaqada 0:10 hisobida yutqazganmiz.

Eron O‘zbekiston darvozasiga 27 o‘yinda 146ta gol urgan. Vakillarimiz esa 35 marta forslar darvozasiga to‘p kiritishgan.

Eron - O‘zbekiston uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring